AsosiyJamiyat

Rishtondagi bunyodkorlik ishlari barchamizning hayotimizga daxldor

'Rishtondagi bunyodkorlik ishlari barchamizning hayotimizga daxldor'ning rasmi

Bugun O`zbekistonda urbanizasiya jarayonlari boshlandi. Minglab yillar davomida rivojlanish tajribasiga ega bo`lgan davlatlar qatorida O`zbekiston qisqa muddatda jahonga yuz ochib ulgurayotgani hammamizni quvontiradi. Obod yurt va farovon turmush uchun shahar va tumanlar, qishloqlar va mahallalarni obodonlashtirish, infrastrukturasini yaxshilash yo`lida davlat va mahalliy byudjetlarning katta qismi ijtimoiy sohaga ajratilayotganligining boisi ham shunda.

Shunday jarayon kechayotgan Rishton shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan joyida tanishishga harakat qildik.

Suhbatdoshimiz viloyat nuroniylar jamg`armasi raisi Topvoldi hoji Xoldorov.

  • Otam qurgan uyda men yashayapman. Bolalarim voyaga etyapti. Otam ekkan mevali daraxtlarning mevasini eb men katta bo`ldim. Bolalarimga ediryapman, bolalarim ulg`aydi. Men uyimni yangilashim kerak. Chunki bolalarim men yangilagan uyda yashashlari kerak. Dadam ekkan daraxt yoniga yangi daraxt ekishim kerak. Bolalarimning bolalari shuning mevasini eb katta bo`lishadi. Bu tarix taqozosi, tarixiy ehtiyoj, kishilik jamiyati shu yo`sinda rivojlanadi. Har bittamiz darvozamizdan qadam bosib chiqishimiz bilan yo`lga chiqamiz. Agar yo`limiz ravon, tekis, keng, xavfsiz bo`lsa, biz hayotda bemalol qadam tashlab yuramiz, yashay olamiz. Yo`limiz egri-bugri bo`lsa, hozirgi kun talabiga javob bermasa, unda kayfiyatimiz har kuni buziladi. Chunki inson ostonadan qadam bosib chiqib yo`lga ishi tushadi, yo`lga murojaat qiladi. Yo`lni kengaytirish, yashayotgan xonadonlarni yangilab yashash, farzandlarga yaxshi bir udum qoldirish - bizning vazifamiz.
  • Ozgina tushunmovchilik bo`libdi-da, achchiq ustida gapirdim, - deydi u. – Mana, g`isht, sement va boshqa qurilish materiallarini berishdi. Hasharchilar uyimizni ikki qavatli qilib qurib berishyapti. Avvalo Rishton xalqi uchun rivojlanishni, yaxshi kunlarni istagan Prezidentimizga rahmat, tinimsiz holimizdan xabar olib turgan viloyat va tuman hokimlarimizga rahmat.

Jamiyatimiz keyingi ikki yarim-uch yil ichida rivojlanishsari qadam qo`ydi.Bunda shahar-tumanlarimizda yangilanish, qayta qurish ishlari olib borilayotganini ko`ramiz. Rishton misolida olib qaraydigan bo`lsak, tumanhududidano`tuvchi qariyb 40 kilometr xalqaro ahamiyatgaegayo`lnijahon andozalaritalablariasosidamukammaldarajada ta`mirlashbirinchigaldagi ustuvorvazifalarsirasigakiritilgan.Hozirgikundatumanningshohko`chalari asosini 25 metrga kengaytirishorqalibirtomonlama harakatlanishyo`nalishida 3tasmaliharakatyo`lagini tashkiletish,yo`latrofidazamonaviyinfratuzilma xizmatlari,kommunikasiya tarmoqlarinijoylashtirish, landshaft arxitekturasiasosidaobodonlashtirishishlarijadallikbilan olib borilyapti.

Yo`lbo`yidaikkiqavatli aholi turar joylari, uylarning birinchiqavatidatadbirkorlik,savdovaxizmatko`rsatish majmualariqadrostlaydi.Bu boradayashashxonadonlariyo`l kengayishi,qizilchiziqustida joylashganligi,tumanningbosh rejasiga ko`ra bir necha yil oldinbuzilishro`yxati(snos)ga tushganligi sababli hozirda tumandagi 405 ta oilaga dastlabki hisob-kitoblarbo`yicha25milliardso`mtovonpuli(kompensasiya)ajratishko`zdatutilgan bo`lib, mazkur jarayon aniq reja asosida davom ettirilmoqda. Yo`llarni kengaytirish chizig`iga tushgan uylar qismini buzishdan avval har bir xonadonga 10 million so`mdan pul tarqatildi, ayrimlariga ko`proqdan ham berildi. Hammasiga qarab turilgani yo`q. Ularni ko`cha devorlari xonadonlariga zarur qurilish materiallarini arzon narxlarda etkazib berish tashkil etildi. Hashar yo`li bilan oilasida imkoniyati yo`qlarga uylarini qurib berish choralari ko`rilyapti. Hashar degan narsa bobolarimizdan qolgan meros shunaqada o`zining ijobiy tomonini ko`rsatib, farzandlarimizga meros bo`lib o`tyapti.

Haqiqatan ham Topvoldi hoji otaning gaplari isbotini 27-28 iyul kungi hasharda ko`rdik. Rishton chindan ham mardlik va jasorat, ezgulik va saxovat, yuksak odamiylik maydoniga aylangan, desak xato bo`lmaydi. Ana shuni dildan his qilgan minglab hamyurtlarimiz qalb amri bilan bu erga - hasharga oshiqishdi.

Ta`kidlashjoizki,ayni kunlardabevositaviloyat hokimligiko`magibilantumandagiuyibuzilishgatushgan harbiroilaga5mingdonadan pishiq g`isht, 2 tonnadan sement tarqatilyapti.Bujarayongaviloyatimiz miqyosida 1000 ta texnikavositalarijalbetilgan bo`lib,yukmashinasisig`imiga qarab 1,5-5 ming donagacha pishiq g`isht aniq ro`yxat asosida aholi xonadonlariga etkazib berilyapti.

Shunga qarab tovonpulihajmi10million so`mdan–300millionso`mgacha berilyapti.Ba`zioilalargao`zxohishigaqarab,tovon pulio`rnigauy-joyqurishuchun qo`shimcha er maydoni ajratilyapti. Bugungacha Markaz MFYdan 70 ta, Uchariq MFYdan 100 ta oilaga o`zlarining xohishi bo`yicha tovon puli o`rniga qo`shimcha er maydoni ajratib berildi.

Yaqinistiqboldadehqonbozori o`rnida 9 ta ko`p qavatli uy hamda bir gektarda aholining maroqli hordiq chiqarishi uchun istirohat bog`ibarpoetilishiko`zda tutilmoqda.

Viloyatimizning 11 ta shahar-tumanidan Rishtonga hasharchilar jalb qilingan bo`lib, har bir tuman hokimi shtab tuzib o`zi boshchilik qilib, bu erdagi hasharchilarga sharoit yaratish, aholiga qurilishda yordam berish ishlariga bosh-qosh bo`lmoqdalar.

Farg`ona shaharliklar 3 ta ob`ektdagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga yaqindan yordamlashish maqsadida 4 ta sektor rahbarlari tashabbusi bilan 4550 nafar hasharchi, 5 ta avtomashina, 3 ta ekskavator, 1 ta greyder va 2 ta traktor texnikalari bilan hasharda qatnashishdi. Ushbu ob`ektlardagi qurilish va obodonlashtirish ishlarida Azot” AJdan 1500 nafar, “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJdan 2500 nafar,“Farg`ona Issiqlik energo markazi”dan kelgan 550 nafar hasharchi qatnashdi.

Tuman markazidagi “Qizil ko`prik” atrofidagi hududda Yozyovon tumanidan kelgan587 nafar hasharchilar rishtonliklarga nafaqat shirin so`zi, qo`l mehnati, balki qurilish materiallari bilan ham amaliy yordam berishdi. Jumladan, homiylik tariqasida 50 mingta g`isht, 10 tonna sement, 300 ta shifer olib kelindi. 15 ga yaqin turli qudratli texnikalar barcha ishlarga jalb qilindi.

O`tgan haftada tuman madaniyat uyi badiiy jamoasi kelib, tumandosh hasharchilarga tushlik paytida katta dasturda konsert namoyish etib, ularning ko`nglini ko`tardi.

Hasharchilarning Yozyovondan Rishtonga maxsus ajratilgan avtotransportlarda bexavotir olib kelib, olib ketilishi tuman ichki ishlar bo`limi rahbariyati tomonidan alohida nazorat olingan, - dedi tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i Hojiakbar Toshpo`latov.

– Rishtondagi hasharda korxonamizdan kuniga 30 nafar ishchi-xizmatchilar qatnashyapti, - dedi Qo`shtepa tumani tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Baxtiyor Erkaboev. - Ishchi-mutaxassislarimiz tomonidan tuman hududida 4 km beton stolbalarda demontaj ishlarini olib borish bilan birga obodonlashtirish, qurilish ishlarida bevosita ishtirok etyapmiz. Bizga biriktirilgan 3 ta xonadonda qurilish ishlarini olib borish uchun keltirilgan 2 mashina g`ishtni tashib, joylashtirdik. 2 ta eski binoni buzib, joyini tekisladik, shag`al tashidik.

-Hammalariga ming rahmat, - dedi Amir Temur ko`chasi, 7-uyda yashovchi nafaqaxo`r Zokirjon Usmonov. – Hovlimizda qo`shtepalik elektrchilar qurilishimizda g`ayrat va fidoyilik bilan ishlashdi, baraka topishsin.

Rishton tumanida olib borilayotgan ommaviy hasharda Farg`ona tumani mahallalari, tashkilotlaridan 630 nafar fuqaro qatnashyapti, – dedi tuman hokimi Ilhomjon Nosirov. - Bundan tashqari, tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasidan 100 nafar xodim ishlayapti. Shuningdek, kommunal xo`jaligi, elektr tarmoqlari korxonasi, gazlashtirish idorasi, yo`l qurilishi va “Toza hudud”ning aksariy texnikalari hasharga jalb qilindi.

Hasharchilardan 50 nafari asosan g`isht teruvchilardan iborat va ular brigada usulida ish tashkil qilishgan. Shularning hisobiga bizga biriktirilgan hududda qurilish ishlari boshlab yuborildi. Mana kecha yaxshi niyatlar bilan, azaliy urf-odatimizga ko`ra qo`y so`yildi. Oziq-ovqat mahsulotlari ham tumanimizdan olib kelinib, hasharchilarimiz uchun tushlik va kechki ovqatlar uyushtirildi. Tumandagitadbirkor-ishbilarmonlar ham o`z homiyliklari bilan ommaviy hasharda qatnashmoqda. Masalan, homiylar tomonilan 50 mingta pishgan g`isht keltirilib, qurilishi boshlanayotgan xonadonlarga tarqatildi. Shag`allar to`kilib, suv ta`minoti yaratildi. Bundan tashqari, axlat va turli chiqindilarni shahar tashqarisiga tashib chiqarish uchun yuk texnikalari, ekskavatorlar, “Toza hudud”ning barcha texnikalaridan unumli foydalanildi. Tumanimiz hasharchilari tashabbusi bilan 2 kmhududda obodonlashtirish, qurilish ishlari, 90 ta xo`jalik, 3 ta ijtimoiy ob`ektdagi ishlarga ko`maklashish va buni sifatli amalga oshirish rejalashtirib olindi.

Rishtondagi umumxalq hasharida Bag`dod tumanidan 800 nafarga yaqin hasharchilar ishtirok etishdi. Birgina 27 iyul kunining o`zida 52 ming dona pishgan g`isht va 5 tonna sement yangi qurilish ob`ektlariga etkazib berildi.Buning uchun 11 ta texnika vositalaridan samarali foydalanildi.

Bag`dodliklar tumandagi 45 ta xonadonni otaliqqa olishdi. Hozirgi kunda ushbu xonadonlarning 11 tasida fundament quyish ishlari amalga oshirildi. 5 tasida dastlabki g`ishtlar urilyapti. Ayni kunlarda hasharda 7 ta yuk tashuvchi, 2 ta yuklovchi, 1 ta avtogreyder va 4 ta boshqa texnikalar kuchidan oqilona va samarali foydanilmoqda.

Rishton tuman shtabining yuqoridagi ishlar bo`yicha ma`lumotiga ko`ra shu kunning o`zida 13562 nafar hasharchi viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelib Rishtonda qurilish ishlarida ishtirok etgan. shuningdek, xonadonlarga 385 ming dona pishgan g`isht, 124 tonna sement, 92 ta texnikada 1840 tonna shag`al, 42 ta texnikada 840 tonna qum,700dona shifer etkazib berilgan. Bundan tashqari Rishton tumani hokimligi zahirasida 52500 dona pishgan g`isht, 21,4 tonna sement, 500 dona shifer, 2020 metr polietilen quvur mavjud. Viloyat prokuraturasi ham Rishton tumanida tashkil etgan zahirada 165 ming dona pishgan g`isht, 65 tonna sement, 200 dona shifer, 16 tonna ohak, 10 tonna gips mavjud. Rishtondagi ulkan qurilish maydoni, mehnat frontiga har kuni viloyatdan qurilish materiallari karvoni keltirilmoqda.

Ko`rib turganimizdek, tumanda qurilish-bunyodkorlik ishlari viloyat sektor rahbarlari, viloyatdagi barcha mutasaddi tashkilot va korxonalar tomonidan ahillik va hamjihatlikda jadallik bilan olib borilmoqda.

Hasharchilar oldiga borib, hormang deymiz, quvalik hasharchi xotin-qizlar Rishtondagi ulkan o`zgarishlarni ko`rib hasharga tashabbus bilan kelganlarini, bu ulug` hasharga oz bo`lsa ham hissa qo`shishni istaganlarini aytishdi.

Kuni kecha norozi bo`lib ijtimoiy tarmoqlarga chiqqan Madina Bozorova bugun xushchaqchaq kulib yuribdi.

Madina Bozorova shunday deya goh shaftoli, goh tarvuz ko`tarib keladi, goh salqinlatgani suv sepadi.

Hasharchilarga tashkil etilgan tushlik paytida esa san`atkorlar, madaniyat xodimlari xalqqa xizmat qilib, ularning vaqtini chog` o`tkazishmoqda. Hasharga kelgan har bir tuman o`z shtabini tuzgan va bu shtablarga biriktirilgan hududlardagi murojaat qilgan fuqarolarga yordam berilmoqda.

Viloyat hokimi Sh.G`aniev, viloyat prokurori S.Turdiev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i R.Mamatov bu ishlarning tepasida turib, har bir qurilish ob`ektida bo`lib, aholi bilan muloqotda bo`lmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, tarixda 45 kun ichida katta Farg`ona kanalini qazgan xalqning kuch-qudrati, g`ayrati bugun ham jo`sh urgan, barcha rishtonlik birodarlarimizga yordamga shoshgan, qisqa fursatlarda bunyodkorlik ishlarini yakuniga etkazishga barcha bel boylagan. Rishtondaboshlanganxayrliishlarhammamizninghayotimiz vakelajagimizgadaxldorligini, hayotimiz va farzandlarimiz kelajagiga befarq emasligimizni ko`rsatib turibdi!

Gulbahor Saidg`anieva

Ahmadali Teshaboev

Zaylobiddin Yigitaliev

    Boshqa yangiliklar