AQShda Jon Hopkins nomidagi Onkologiya markazi qoshidagi Saraton immunoterapiyasi instituti olimlari rivojlanib boruvchi va davolashning boshqa usullariga bo`ysunmaydigan melanoma, buyrak-hujayra saratoni yoxud mayda hujayrali bo`lmagan o`pka saratoniga qarshi kurashda nivolumab (anti-PD-1) preparati sinovdan muvaffaqiyatli o`tganini ma`lum qilishdi.
Tadqiqotda 270 kishi ishtirok etgan. Nivolumabning ko`p yillik sinovlari natijasiga ko`ra, yangi preparat yordamida tirik qolishning besh yillik ko`rsatkichlari boshqa turdagi terapiyalarga, jumladan, 2008 yilda ommalashgan kimyoterapiya, kinaza ingibitorlari, biologik terapiya va davolashning o`zga usullariga qaraganda yuqori chiqqan.
Oddiy terapiyada to`rtinchi bosqichdagi teri saratonidan qiynalayotgan bemorlarda besh yillik tirik qolish darajasi 5 foizni, mayda hujayrali bo`lmagan o`pka saratonida 6 foizni tashkil etgan. Nivolumab esa melanoma uchun 34,2 foiz, buyrak-hujayra saratoni uchun 27,7 foiz, o`pka saratoni uchun 15,6 foiz tirik qolishga ko`maklashadi.
Nivolumab PD-1 molekulalarining faolligini bloklaydi: u saraton o`smasiga hujum qiluvchi hujayralarni ushlab turuvchi immun nazorat nuqtasi hisoblanadi.






