AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyadagi janjalda O`zbekiston fuqarosi vafot etdi

'Janubiy Koreyadagi janjalda O`zbekiston fuqarosi vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi konsullik bo`limi bergan ma`lumotga ko`ra 2019 yilning 26 iyul kuni Koreya Respublikasining Inchon shahrida o`zaro janjal oqibatida O`zbekiston fuqarosi I.L. og`ir jarohatlandi va vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Polisiya gumonlanuvchini qo`lga oldi va tergov tarbirlarini amalga oshirmoqda.

Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan.

    Boshqa yangiliklar