1

Bugun Evropa Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur`a tashlanadi

Sport 15.12.2014, 10:23
Bugun Evropa Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur`a tashlanadi

Bugun Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.

Shveysariyaning Non shahrida bo`lib o`tadigan marosimda guruh bosqichini ortda qoldirgan Evropaning eng kuchli 16 jamoasi o`zlarining pley-offdagi raqiblarini bilib oladilar.
Xabaringiz bor, mazkur bosqichda bir mamlakatga tegishli va guruh bosqichida bir guruhda bahs olib borgan jamoalar o`zaro raqib bo`lmaydilar.

Qur`a ikki guruhga - saralanganlar (guruhda 1-o`rinni qo`lga kiritganlar) hamda saralanmaganlar (guruhda 2-o`rinni qo`lga kiritganlar) holda tashlanadi:

Guruhda birinchi o`rinni qo`lga kiritganlar:
"Atletiko", "Real", "Monako", "Borussiya", "Bavariya", "Barselona", "Chelsi", "Portu"
Guruhda ikkinchi o`rinni qo`lga kiritganlar:
"Yuventus", "Bazel", "Bayer", "Arsenal", "Manchester Siti", "PSJ", "Shalke", "Shaxtyor"

Qur`a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1