Telegramdagi «Qo`shni mahalla» kanali Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari, rahbarlari reytingi bo`yicha so`rovnoma o`tkazdi. Bu haqda Xabar.uz nashri yozdi.
Ushbu so`rovnoma natijalari quyidagicha bo`ldi.
Hammadan ko`proq «Zo`r» ovozini olgan rahbarlar uchligi:
- Erkinjon Turdimov (Samarqand viloyati hokimi) — 48%
- Xayrulla Bozorov (Namangan viloyati hokimi) — 34%
- Shuhratbek Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi) — 31%
Hammadan ko`proq «Yomon» ovozini olgan rahbarlar uchligi:
- Shuhrat G`aniev (Farg`ona viloyati hokimi) — 63%
- Farhod Ermanov (Xorazm viloyati hokimi) — 60%
- Zafar Ro`ziev (Qashqadaryo viloyati hokimi) — 58%
Faoliyati «O`rtacha» baholangan rahbarlar:
- Ergash Salaev (Jizzax viloyati hokimi) — 43%
- Qobul Tursunov (Navoiy viloyati hokimi) — 41%
- G`ofurjon Mirzaev (Sirdaryo viloyati hokimi) — 41%
- Rustam Xolmatov (Toshkent viloyati hokimi) — 41%
Ushbu so`rovnoma tugal xulosa chiqarish imkonini bermasa-da, uning natijalari orqali hududlar rahbarlarining amaldagi reytingini ma`lum darajada baholasa bo`ladi.






