AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Xalqaro olimpiadalardagi ko`rsatkichi qanday?

'O`zbekistonning 	Xalqaro olimpiadalardagi ko`rsatkichi qanday?'ning rasmi

Nega yurtimizda fan olimpiadalari juda kam o`tkaziladi? Aslida, mamlakatimizning xalqaro fan olimpiadalaridagi o`rni qoniqarli darajadami? Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi anjumanlar zalida bo`lib o`tgan brifingda shu kabi masalalarga oydinlik kiritildi.

Unda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi va Xalq ta`limi vazirligi rahbar xodimlari joriy yilning 3 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroridoirasida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, yurtimiz bo`ylab fan olimpiadalarini tashkil etish, xalqaro olimpiadalarda O`zbekiston jamoalarining munosib ishtirokini ta`minlashmasalalari bo`yicha ma`lumot berishdi.

  • Afsuski, xalqaro olimpiadalardagi ko`rsatkichlarimiz qoniqarli darajada emas. Masalan, informatika va axborot texnologiyalari fanidan xalqaro olimpiadada terma jamoamiz 2015 yilgacha ishtirok etmagan va hozirgi kungacha birorta ham medalni qo`lga kiritmagan. Xalqaro fizika olimpiadasida esa O`zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalga sazovor bo`lgan, xolos. Vaholanki, ushbu fandan Qozog`iston 66 ta, Tojikiston 13 ta medalni qo`lga kiritgan, - dedi Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari –Alisher Umarov. - Bu raqamlar yurtimizda o`quvchilargaaniq fanlarni chuqur o`rgatish orqali fan olimpiadalarida ularning ishtirokini oshirish kerakligini ko`rsatadi.Shuning uchun O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligida 14 ta shtat birligidan iborat Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Endilikda mazkur departament mahalliy va xalqaro, shuningdek, nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish bo`yicha tizimli ishlarni olib boradi.

Mahalliy fan olimpiadalari yangi o`quv yilining oktyabr va noyabr oylarida biologiya, kimyo, matematika, informatika, fizika fanlaridan o`tkaziladi. Dastlabki olimpiadalarga Jizzax, Farg`ona, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri mezbonlik qilishi belgilangan.

Ushbu qaror bilan kiritilgan o`zgartirishlardan yana biri shundaki, respublika va xalqaro fan olimpiadalarining g`oliblari va ularning o`qituvchilari belgilangan pul mukofotlari bilan rag`batlantirib boriladi.

Albatta hozirgi kunda o`quvchilar oliy o`quv yurtlariga kirish uchun harakat qiladi. Ular uchun maqsadning kattasi shu. Chunki yurtimizdagi ta`lim tizimi bolalarni shu darajaga tushirib qo`ydi.

O`ylaymizki, mazkur qarorning ijrosi to`liq amalga oshirilsa, mamlakatimizda joriy etiladigan onlayn, mahalliy hamda respublika fan olimpiadalari tizimli yo`lga qo`yilsa, kuchli matematiklar, fiziklar, informatiklar, biologlar, albatta etishib chiqadi. Hamda nufuzli xalqaro musobaqalarda e`tirof etiladi.

Go`zal Oxunova

    Boshqa yangiliklar