AsosiyJamiyat

MIB direktori o`rinbosari Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi

'MIB direktori o`rinbosari Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi'ning rasmi

Avvalroq, ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosari Muzaffar Eminovich Egamberdiev Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi.

Xususan, joriy yilning 29 iyul kuni Kasbi tumanida viloyat aholisi uchun sayyor qabul o`tkazildi. Tadbir davomida, 8 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.

Murojaatlar asosan aliment va qarz undirish hamda kommunal sohasidagi to`lovlarga oid masalalar edi.

Barcha murojaatlar nazoratga olingan bo`lib, tegishli tartibda ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar