Pokiston harbiylarining so`zlariga ko`ra, havo kemasi o`quv mashq parvozi vaqtida aholi yashaydigan xonadonlarning ustiga qulab tushgan. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Hodisa mamlakat shimolidagi Ravalpindi shahri yaqinida ro`y began. Samolyot qulab tushgandan so`ng portlash ro`y berib, yong`in kelib chiqqan. Alanga bir nechta binolarni qurshab olgan. Ro`y bergan hodisa oqibatida 18 kishi halok bo`lgan, yana 15 nafari esa jarohatlangan. Mahalliy OAV xabarlariga ko`ra, jarohatlanganlardan ayrimlarining ahvoli og`ir. Hozirda falokat sabablari o`rganilmoqda.






