AsosiyJamiyat

Bu yil kirish ballari yuqori bo`lishi mumkin — DTM vakili

'Bu yil kirish ballari yuqori bo`lishi mumkin — DTM vakili'ning rasmi

Oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarining 2 kunlik tahlili natijalariga ko`ra, hozircha bakalavriat yo`nalishi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkichni 172,6 ball bilan Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston milliy universitetining matematika yo`nalishi egallab turibdi. Bu haqda bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tgan birifingda qatnashgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar qildi.

Davlat test markazi Bosh boshqarma boshlig`i Barno Rajabovning brifing qatnashchilariga aytishicha, bu yilgi test sinovlarini topshirgan abiturientlarning aksariyati testlarning oldingi yillarga qaraganda osonroq tuzilganini ta`kidlashmoqda. Ushbu fikrlar va yuqorida keltirilgan ball nuqtai nazaridan bu yilgi kirish ballari yuqoriroq bo`ladi, deyish mumkin.

2019 YIL 30 IYuL HOLATI BO`YIChA MA`LUMOTLAR:

Test sinovlarida respublika bo`yicha 2 smenada jami 66 ta binoda 71 340 nafar abiturient imtihon topshirishi belgilangan edi. Shundan:

  • imtihonga kelganlar soni – 69 374 nafar;
  • imtihonga kelmaganlar soni – 1928 nafar;
  • imtihondan chetlashtirilganlar soni – 16 nafar abiturient hududga kirish joyida, 22 nafar binoda qoidani buzganligi uchun;
  • 2622 nafar guruh nazoratchilaridan 36 nafari ishtirok etmadi.
  • imtihonda qatnashmaganlar soni bo`yicha eng qori ko`rsatkich Toshkent shahrida – 452 nafar, eng quyi ko`rsatkich Navoiy viloyatida – 38 nafar qayd etildi.

ESLATMA! Hali ham DTM ruxsatnomalarini olmagan abiturientlar bor. Ularning soni 28 000 dan ortiq. Abiturientlarimizdan tezroq tegishli ruxsatnomalarini olishlarini so`raymiz!

    Boshqa yangiliklar