O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda “Yoqilg`i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o`zgartirish to`g`risida”gi 633-sonli qaroriga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2019 yil 15 avgustdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma`lum qiladi.
2019 yil 15 avgustdan:
I guruh. Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo`lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo`yicha hisob-kitob qilinadigan iste`molchilar (byudjet tashkilotlari, suv ta`minoti tashkilotlari, fermer xo`jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) uchun 450,0 so`m (avval 331,0 so`m edi).
II guruh. Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo`yicha hisob-kitob qiladigan iste`molchilar, maishiy iste`molchilardan tashqari 450,0 so`m (avval 331,0 so`m edi).
III guruh. Maishiy iste`molchilar (aholi turmush ehtiyojlari uchun uy-joylar, xonadonlar, yotoqxonalar, yordamchi xo`jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bog` ob`ektlari, shu jumladan bog` shirkatlari va dala hovlilar sug`orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatasiya tashkilotlarining umumiy uy-joy ehtiyojlari, elektr energiyasidan aholini elektr energiyasi bilan ta`minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munisipal uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar) uchun 295,0 so`m (avval 250,0 edi).
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste`molchilar uchun 147,5 so`m (avval 125,0 edi).
IV guruh. Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv ta`minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste`molchilari uchun 450,0 so`m (avval 350,0 edi).
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha “Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko`rsatuvchi” iste`molchilar uchun 450,0 so`m (avval 365,0 edi).