AsosiyJamiyat

15 avgustdan tabiiy gaz narxi ham oshadi

'15 avgustdan tabiiy gaz narxi ham oshadi'ning rasmi

Hukumat 15 avgustdan boshlab elektr energiyasi narxlarini oshirishi haqida avval xabar bergandik. "O`ztransgaz" AJ matbuot xizmati ma`lum qilishicha, 15 avgustdan boshlab tabiiy gaz iste`moli uchun narx va tariflar ham oshirilmoqda.

Yodingizda bo`lsa, hukumatning 2018 yil 1 noyabrdagi "Yoqilg`i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o`zgartirish to`g`risida"gi №897-sonli qaroriga muvofiq, 2018 yil 16 noyabrdan boshlab aholi uchun tabiiy gaz narxining oshirilishini tasdiqlangan, narxlar 2019 yilda yana bir marta oshirilishini belgilagan edi.

2019 yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshirilishi nazarda tutilgandi. Unga ko`ra, maishiy iste`molchilar uchun 1 metr kub tabiiy gazning narxi hozirgi 320 so`mdan 350 so`mgacha, elektr energiyasining 1 kilovatti hozirgi 250 so`mdan 280 so`mgacha oshishi kerak edi.

Keyinchalik hukumat qarorida ko`zda tutilganidek, 1 iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshmaydigan bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 5 iyul kuni o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida energiya resurslari tariflarini optimallashtirish masalasi ko`rib chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyulda qabul qilingan №633-sonli qaroriga ko`ra, 2019 yil 15 avgustdan boshlab yoqilg`i-energetika resurslariga yangi narxlar va tariflar belgilandi.

E`tiborlisi, aholiga tarqatiladigan elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning narxi 1 iyunda oshishi kerak bo`lgan miqdordan ham ko`proqqa oshirilgan.

I – IV guruhdagi iste`molchilar uchun elektr energiyasi narxi (kVt-soat)

1.1. I va II guruh iste`molchilari uchun — 450 so`m (250 so`m edi);

1.2. III guruh iste`molchilari uchun, jumladan aholi uchun — 295 so`m (125 so`m edi);

IV guruh iste`molchilari uchun — 450 so`m (350 so`m edi);

Prezidentning 2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379 sonli qarori bilan tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar ko`rsatuvchi iste`molchilar uchun — 450 so`m (365 so`m edi).

Tabiiy gaz (metr kub)

2.1. Aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, idoraviy va munisipal turar-joy fondi, yuridik shaxsalar yotoqxonalari, aholini tabiiy gaz bilan ta`minlovchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, turar joy xonalari isitish va issiq suv bilan ta`minlash uchun gaz hisobini yurituvchi asbobga ega lokal qozonxonalar uchun — 380 so`m (320 so`m edi);

2.2. Aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun gaz hisobini yurituvchi asbobga ega bo`lmasa:

· Ovqat tayyorlash va issiq suv ta`minoti uchun — 660 so`m (553 so`m edi);

· Isitish uchun — 380 so`m (320 so`m).

2.3. Avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari (shuningdek, o`z balansida avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari bo`lgan yuridik shaxslar) uchun — 1000 so`m (800 so`m edi);

2.4. Prezidentning 2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379 sonli qarori bilan tasdiqlangan ro`yxat bo`yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar ko`rsatuvchi iste`molchilar uchun — 1000 so`m (1000 so`m edi).

2.5. Boshqa ulgurji foydalanuvchilarga — 660 so`m (600 so`m edi).

Aholiga ro`zg`orda foydalanish uchun realizasiya qilinadigan suyultirilgan gaz (kg) — 1120 so`m (950 so`m edi).


    Boshqa yangiliklar