Energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishda qanday ishlar amalga oshirilayotgani bilan tanishish maqsadida OAV vakillari uchun Farg`ona viloyatiga media-tur uyushtirildi. Unda "Darakchi" muxbiri Aliya Sulaymanova ishtirok etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O`ztransgaz“, “O`zneftgazinspeksiya“, “Issiqlik elektr stansiyalari“ aksiyadorlik jamiyatlari hamkorligida tashkil etilgan tadbir Farg`ona viloyatida islohotlar ijrosi doirasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish va bu borada erishilgan yutuqlarni targ`ib qilishga qaratilgan.
OAV vakillarining birinchi manzili viloyatning O`zbekiston tumanidagi g`isht zavodi bo`ldi.
- 2008 yildan 2018 yilgacha g`isht ishlab chiqarish uchun gazdan foydalandik. O`tgan yildan gaz o`rniga ko`mirni ishlata boshladik. Bu avval 1000 dona g`ishtni ishlab chiqarish uchun 350 ming so`m mablag` sarflagan bo`lsak, ko`mir ishlatish natijasida 1000 dona g`isht tannarxi 200 ming so`m bo`lmoqda, - deydi korxona rahbari Ma`ruf Nishonov.


Media-tur qatnashchilari “Farg`ona issiqlik elektr markazi“ AJ faoliyati bilan ham tanishdi. Bu erda amalga oshirilayotgan ishlar xususida keyingi xabarlarimizda to`xtalib o`tamiz.






