O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilish mas`uliyatini olgan harbiy xizmatchilarV “Xalqaro armiya o`yinlari – 2019” doirasida shu yilning 3 – 17 avgust kunlari Rossiya Federasiyasining Omsk shahridao`tkaziladigan “REMBAT”– “Eng ilg`or ta`mirlash va evakuasiya bataloni”tanlovi oldidan tayyorgarlik mashg`ulotlarini o`tadi.
Unda o`zbekistonlik “REMBAT”chilar shaxsiy tarkibi musobaqa yo`nalishlarihamdaharbiy texnikalarni sinovdan o`tkazdi.
– Ushbu mashg`ulotlar jarayonida vakillarimiz hududga va harbiy texnikalarga to`liq moslashdi, – deydi podpolkovnik Ismoil Navro`zov. – Eng muhimi, yigitlarning o`zlariga bo`lgan ishonchi mustahkam. G`alabaga erishish uchun ozmuncha ter to`kmadik. Nasib qilsa, yurtimizga g`alaba bilan qaytamiz.
Eslatib o`tamiz, mazkur musobaqa uch yildan beri o`tkaziladi; jamoamiz esa unda ilk bor qatnashmoqda.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






