AsosiyJamiyat

IIV soxta "tonirovka"chilardan ogohlantiradi

'IIV soxta "tonirovka"chilardan ogohlantiradi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligidan xabar qilinishicha, Internet tarmoqlarida ba`zi shaxslar tomonidan avtomobil oynalarini qoraytirish bo`yicha xizmatlar taklif qilinmoqda. Vazirlik haydovchilarni ogohlantirishicha, oynalarning tusini o`zgartirish uchun IIV YHXBB vakillaridan tegishli ruxsat va plyonka olinishi zarur.

"Fuqarolarimizdan tegishli qaror kuchga kirgani to`g`risida ma`lumot e`lon qilinguniga qadar shoshmaslikni so`raymiz. Amaldagi qonunchilikni buzgan shaxslar, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 126-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi", deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar