AsosiyJamiyat

“Tonirovka” uchun yangi narxlar belgilandi

' “Tonirovka” uchun yangi narxlar belgilandi'ning rasmi

“Tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali engil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq, “tonirovka” narxlari orqa oyna (lobovoy) uchun tekin, orqa yon oyna uchun esa quyidagicha narxlar belgilanadi:

  • jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 10 baravari (2 mln 230 ming so`m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga– BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so`m).

Ilgari bu miqdor tegishlicha jismoniy shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun 120 baravari, xorijiy yuridik shaxslari uchun 140 baravarini tashkil etgan.

Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):

  • jismoniy va yuridik shaxslarga – BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so`m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga – BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming so`m)

Qaror bilan:

Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yilga beriladigan ruxsatnoma asosida:

a) engil avtomobillar:

  • orqa yon oynalarining tusini yorug`lik o`tkazuvchanligi cheklanmagan miqdorda (to`lov asosida);
  • old yon oynalarining tusini yorug`lik o`tkazuvchanligi 50 foizdan kam bo`lmagan darajada o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat etildi (to`lov asosida).b) turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalarining tusini yorug`lik o`tkazuvchanligi – 50 foizdan kam bo`lmagan darajada (to`lov asosida) o`zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat etildi.
  • Avtotransport vositalarining orqa oynasini to`liq hamda old oynasi (lobovoy)ning tepa qismi tusini eni 14 sm dan ko`p bo`lmagan polosa shaklida yorug`lik o`tkazuvchanligi cheklanmagan miqdorda ruxsatnomasiz va tekin o`zgartirish mumkin.
  • Qarorda belgilanishicha, mazkur qaror qabul qilingunga qadar amalda bo`lgan to`lov stavkalari bo`yicha 2019 yil 1 yanvardan oynalarning tusini o`zgartirish (qoraytirish) uchun olingan ruxsatnomalarning amal qilish muddati mazkur qarorga muvofiq joriy etiladigan yangi to`lov stavkalariga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
  • 2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to`lov stavkalariga teng bo`lgan miqdorda o`zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar