"Qurbon hayitini nishonlash to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i e`lon qilindi. Hujjatga muvofiq, O`zbekiston musulmonlari idorasining Qurbon hayitining birinchi kuni 11 avgust – yakshanba kuniga to`g`ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2019 yil 11 avgust Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Qarordv Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi, Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an`analariga mos ravishda o`tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi.