2 avgust kuni “Chirchiq” poligonda xorijdan xarid qilingan eng so`nggi rusumdagi harbiy texnikalarni topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Mazkur jangovar mashinalarning o`ziga xosligi uning barcha qismlari avtomatlashtirilganida. Shuningdek, u yuqori tezlikda harakatlanadi, manyovrchan, sig`imi keng.
Ularnio`zlari biriktirilgan mexanik-haydovchilarga topshirish tantanalarida Mudofaa vazirining qurollinish va qurol-aslaha bo`yicha o`rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Mudofaa sanoati bo`yicha davlat qo`mitasi boshqarma boshlig`i Qahramon Ermatov ishtirok etdi.
So`zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarga bildirilayotgan yuksak ishonch,yaratilayotgan imkoniyatlar va shunga munosiblik hissi to`g`risida to`xtaldilar.Yangi jangovar mashinalar ham yurtimizdagi osoyishtalikni mustahkamlashga, jangovar qudratni yanada oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta`kidladilar.
“Ejder Yalcin” jangovar mashinalari biriktirilgan mexanik-haydovchilar bundayin mas`uliyatdan mamnun. Ayniqsa, uzoq yillardan buyon xizmat qilayotgan Vatan himoyachilarining hayajoni ayricha.
Harbiy orkestr sadolari ostidajangovar mashinalarni qabul qilib olish, mexanik-haydovchilarga biriktirishtantanalari rosmana bayram tusida o`tdi.
Ta`kidlash kerakki, 2018 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qo`shinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan ta`minlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish ko`zda tutilgan edi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti