AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Harbiy-tibbiy estafeta”xalqaro musobaqasiga start berildi

'O`zbekistonda “Harbiy-tibbiy estafeta”xalqaro musobaqasiga start berildi'ning rasmi

Kecha, 4 avgust kuni “Forish” tog` poligonida V Xalqaro armiya o`yinlari doirasi O`zbekistonda ilk marotaba o`tkazilayogan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev hamda uning o`rinbosarlari, okrug qo`mondonlari, Rossiya mudofaa vaziri o`rinbosari armiya-generali Timur Ivanov,turli davlatlardan kelgan harbiy attashelar, OAV vakillari hamda estradamiz yulduzlari ishtirok etdi.

Bahodir Qurbonov birinchi bor O`zbekistonda o`tkazilayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovini ochib berdi va musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilab, eng kuchli jamoa g`olib chiqishiga tilak bildirdi:

“Avvalambor aziz mehmonlarimiz, harbiy-tibbiy estafetasi qatnashchilarini bizning mehmondo`st diyorimiz va serquyosh yurtimiz — O`zbekistonda samimiy qutlamoqchiman. Bugun biz o`z mahoratini, harbiy xizmatga zarur bo`lgan eng oliy sifatlarini: malaka, qat`iy xarakter, professionallik va intizom, uyg`unlikda va aniq harakatlana olish hamda haqiqiy janogovar vaziyatda nafaqat muvaffaqiyat, balki birinchi navbatda insonlarning hayoti va sog`ligini belgilovchi tezda qaror qabul qilish qobiliyatini namoyon etadigan harbiy-tibbiyot professionallari bellashuviga start bermoqdamiz.

Shubhasiz, barcha qatnashuvchilar munosib tarzda sinovlardan o`tib, o`zlarining yuqori professional mutaxassislar ekanliklarini yana bir bor tasdiqlaydilar. Ijozatingiz bilan O`zbekiston Respublikasida o`tkazilayotgan ArMI—2019 Harbiy-tibbiy estafetasiga “start” berib, uni ochiq deb e`lon qilaman!”.

Shundan so`ng, Rossiya mudofaa vazirining o`rinbosari Timur Ivanov so`zga chiqib, Rossiya mudofaa vaziri armiya-generali Sergey Shoyguning tabrigini o`qib eshittirdi.

Dastlab Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan harbiy qo`shiqlardan iborat defile tantanali marosimni ochib berdi. Ko`rgazmali chiqishlar va konsert dasturlari marosimga o`zgacha kayfiyat bahsh etdi.

Joriy yilgi “ArMI–2019” musobaqalari rekord darajadagi ishtirokchilarni – 36 davlatdan 217 ta jamoaning 5 mingdan ziyod harbiylarini o`z ichiga qamrab oldi. Debyutant mamlakatlarsifatidabugalmaydonlarda Iordaniya, Kambodja, Kongo va Mali respublikalari, Kuba va Shri-Lankadan kelgan harbiylar kuch sinashadi.

NATO mamlakatlari ham “ArMI” o`yinlariga katta qiziqish bildirgan bo`lib, joriy yilda AQSh, Fransiya, Turkiya va Slovakiya kabi davlatlar vakillari kuzatuvchi maqomida qatnashadi.

“ArMI – 2019” o`yinlari jami 31 ta tanlovdan iborat bo`lib, ulardan 16 tasi Rossiyada, to`rttasi Xitoyda, uchtasi Qozog`istonda, Belarus va Eronda ikkitadan hamda Armaniston, Ozarbayjon, Hindiston, Mo`g`uliston va O`zbekistonda bittadan tanlovlar o`tkaziladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar