AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi texnologiyalar asosida sholi etishtiriladi

'O`zbekistonda yangi texnologiyalar asosida sholi etishtiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda Janubiy Koreyaning Tong Yang Moolsang kompaniyasining zamonaviy mashinalari yordamida sholini ko`chat usulida etishtirish yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetasiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urug`dan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat ta`minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti, O`zbekistondagi Qishloq xo`jaligini rivojlantirish administrasiyasi KOPIA markazi hamkorligida tashkil etilgan o`quv-dala seminarida qayd etildi.

4.JPG

Ayni paytda Koreyadan “TYM” (Tong Yang Moolsang) kompaniyasining qo`lda itarib, shuningdek, RF-48 va ustiga minib boshqariladigan RRO600V rusumli ko`chat ekish mashinalari keltirilib, sholi etishtirish texnologiyasini mexanizasiyalash yo`li bilan takomillashtirish va yuqori hosil olishga qaratilgan eksperement olib borilmoqda.

3.JPG

- Dunyo aholisining aksariyati guruch iste`mol qiladi, xususan O`zbekistonda ham bu mahsulotga bo`lgan talab katta. Shu boisdan O`zbekiston uchun sholini samarali usulda etishtirish nihoyatda zarur. Koreyadagi eng ilg`or texnologiyalarni joriy etish, sholining yangi navlarini yaratish va uni O`zbekiston sharoitiga moslashtirish mutaxassislarning malakasini oshirish borish borasida hamkorlik ishlarini amalga oshirmoqdamiz, deydi Janubiy Koreya Respublikasining O`zbekistondagi Qishloq xo`jaligini rivojlantirish administrasiyasi KOPIA markazi rahbari, professor An Xi Sung.

2.JPG

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ma`sud Sattorovning bildirishicha, hozirgi tajribada 1 gektar maydonga o`rtacha 12 soat ichida sholi ekilayotgan bo`lsa, endilikda qo`lda boshqariladigan mashinalar yordamida 1,5-2 gektargacha, minib boshqariladigan mashinalarda esa o`rtacha 7-8 gektargacha maydonda sholi ekib, yuqori samaradorlikka erishilishi kutilmoqda. Sholini ko`chat usuli bilan etishtirish an`anaviy urug`dan ekib etishtirish usulga qaraganda ko`p jihatdan afzalliklari mavjud. Hozirgi paytda er yuzida sholi hosilining 95 foizidan ortig`i faqat ko`chat usulida etishtirilmoqda.

Joriy yilda respublika bo`yicha jami 114 ming gektarga sholi ekish rejalashtirilgan, shundan 57,9 ming gektari asosiy ekin sifatida va 56,1 ming gektar g`alladan bo`shagan maydonlarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar