“Qizimning shu vaqtgacha maktab talabi asosida amalda bo`lgan formasi eskirgan. Bu yil uchun kechiktirilgan yagona formani xarid qilishga majburmizmi? Yoki shunchaki oq kofta qora yubkada maktabga borishga ruxsat etiladimi?”
Zarifa, Samarqand viloyati
Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati:
— 2019 yilning 18 iyunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” o`zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qildi. Siz xohishingizga qarab yagona maktab formasi yoki shunchaki oq kofta bilan qora yubka sotib olishingiz mumkin. Har ikki vaziyatda ham maktab rahbariyati tomonidan sizga e`tiroz bildirilmaydi.