7 avgust. “Forish” tog` poligoni. V “Xalqaro armiya o`yinlari – 2019” doirasida o`tkazilayotgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi. Ikkinchi shart – “Individual mahorat”.Ayollar o`rtasida to`siqli yo`lakdan o`tish mashqi... Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti jarayonni quyidagicha bayon etadi...
Mazkur shartda granata uloqtirish, AK-74 qurolini noto`liq qismlarga ajratish, estafeta hududini bir bor aylanib o`tgan holda, maxsus tunel, turli murakkab to`siqlar hamda belgilangan og`irlikdagi qutilarning joyini ko`chirish, shuningdek, BTR jangovar texnikasining ostidan emaklab o`tgan holda AK-74 qurolini to`liq qismlarga yig`ish va yo`lak bo`ylab yugurgan ko`yi finish chizig`idan o`tish kabi bosqichlarni bajardi.
O`nda O`zbekiston Mudofaa vazirligi sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar ishonchli harakat qilib, yaxshi natijalar qayd etdi.
- Biz, Vataningiz vakillari bilan estafeta yo`lakchalari bo`ylab musobaqalashdik, – deydi qozog`istonlik efreytor Shamchirak Serjonova. – Shuni aytishim mumkinki, O`zbekistonliklar “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovgi nihoyatda puxta hozirlik ko`rishgan ekan. Men avval ham ushbu musobaqada qatnashganman. O`zbekistonda bo`lib o`tayotgan bellashuvlarning tashkil etilishi ham menga manzur bo`ldi. Barcha jamoalarga omad tilayman.
Bizni kuzatishda davom eting, qisqa fursatda ayollar va erkaklar o`rtasida ushbu shart bo`yicha g`oliblar nomi e`lon qilinadi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






