AsosiyJamiyat

MIB direktori o`rinbosari Qoraqalpog`istonda sayyor qabul o`tkazdi

'MIB direktori o`rinbosari Qoraqalpog`istonda sayyor qabul o`tkazdi'ning rasmi

Avval, ommaviy axborot vositalarida xabar berilganidek, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori o`rinbosari Muzaffar Eminovich Egamberdiev, 6-7 avgust kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasining Kegeyli va Xo`jayli tumanlarida Byuroning tuman bo`limlari binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o`tkazdi.

Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi, murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni bartaraf etish choralari ko`rildi, ayrimlari mas`ullar nazooratiga olindi.

2 kun davom etgan qabullarda jami 15 ta murojaat kelib tushib, ular asosan, sud hujjatlarining ijrosini ta`minlash, aliment nafaqalari va ish haqini undirish, energiya resurslari va suv ta`minoti, shuningdek, ishga joylashish masalalariga taaluqli.

Ma`lumot uchun, Xo`jayli tumanida joylashgan “KEGEYLI MATLUBAT SAVDO” MChJ foydasiga sudning ijro hujjatiga asosan 161 mln. 250 ming so`mundirilishida ko`rsatilgan amaliy yordam uchun jamiyat rahbari o`z minnatdorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar