AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatidagi tarbiya koloniyasida bepul to`garaklar tashkil etildi

'Toshkent viloyatidagi tarbiya koloniyasida bepul to`garaklar tashkil etildi'ning rasmi

Hozirgi kunda yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ular o`rtasida jinoyatchilik sodir etilishining oldini olish dolzarb masalaga aylangan. Yoshlar o`rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklar avvalgi yillarga nisbatan kamaygan bo`lishiga qaramay, aynan voyaga etmaganlar jinoyatchiligi Toshkent viloyatida o`tgan yilgi ko`rsatkichlarni takrorlayotganligi bu hududda mazkur illatga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan sa`y-harakatlarning natijasizligini ko`rsatmoqda. Bu esa mutasaddi tashkilotlarni yanada sergaklikka chorlab, jinoyatchilikni jilovlashga doir loyihalarnihududning o`z xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, aniq, maqsadli vazifalarni belgilab olishgaundadi.

Ana shunday samarador loyihalardan biri Toshkent viloyatidagi IIB va JIEB 24-sonli tarbiya koloniyasida “Do`stingni safga qaytar” mavzusida tashkil etildi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo`lim boshlig`i A.Alimov, Amir Temur ekspedisiyasi rahbari F.Ashrafxo`jaev, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi mas`ul xodimi F.Akramova, Muqimiy nomidagi musiqali teatr direktori M.Azizov, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi O.Yo`ldosheva, O`zbekiston yosh fermerlar kengashi, O`zbekiston yosh tadbirkorlarini qo`llab-quvvatlash markazi mas`ul xodimlari va 24-sonli tarbiya koloniyasi tarbiyalanuvchilari qatnashdi.

Unda mutasaddilar yoshlardagi huquqiy savodxonlikning pastligi,irodasizlik, ma`naviy bo`shliq va loqaydlikkabi bir qator omillar yoshlarni to`g`ri yo`ldan adashtirishini tushuntirib, xatoni anglash va uni qayta sodir etmaslikka chorladi. So`ngra, mahkum yoshlarga va tajribali psixolog tomonidan “Psixolog qabuli” loyihasi doirasida psixologik-trening o`tkazildi. 20 nafar yoshlarga beg`araz psixologik konsultasiya berildi. Shuningdek, ishtirokchilar o`rtasida “Men jinoyat qilmayman” mavzusida huquqiy viktorinalar ham o`tkazildi.

Bundan tashkari, Yoshlar ittifoqi huzuridagi Respublika yoshlar markazi, Yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash markazi, O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan bepul tashkil etilayotgan to`garaklarni tahlil etish bo`yicha o`tkazilgan so`rovnomalar asosida mazkur koloniya tarbiyalanuvchilari uchun rus tili, ingliz tili, avtomobilsozlik, shaxmat hamdafermerlik va tadbirkorlik bo`yichamuntazam ravishda bepul to`garaklar faoliyati yo`lga qo`yiladigan bo`ldi.

Davra suhbati yakunida farzandlarining holidan xabar olgani kelgan ota-onalarning koloniya tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlari tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar