AsosiyJamiyat

O`zbekistonda foydalanishdan chiqqan bo`z erlar Hindiston texnologiyasi asosida o`zlashiriladi

'O`zbekistonda foydalanishdan chiqqan bo`z erlar Hindiston texnologiyasi asosida o`zlashiriladi'ning rasmi

Shu yilning 9 avgust kuni Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Hindistonning “Shakti Pamps Ltd” kompaniyasi ijrochi direktori Ramesh Paditar bilan mamlakatimiz irrigasiya va meliorasiya tizimiga yangi quyosh energiyasida ishlaydigan texnologiyalarni qo`llash yuzasidan fikr almashdi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilganidek, O`zbekistonda yillar davomida irrigasiya va meliorasiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan bo`z erlarni o`zlashtirishda suv ta`minotining tejamkor va zamonaviy usullarini qo`llash zarur. Konsepsiyaga ko`ra, bu yo`nalishda xorijiy investorlarni jalb etishda katta imtiyozlar berilgan. Jumladan, bo`z erlarni investisiya shartnomasi yoki davlat xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha berilib, mamlakatimizga kiritiladigan xom-ashyo, turli texnikalar, ehtiyot qismlar bojxona to`lovlaridan ozod qilingan.

Kompaniyaga energiya tejamkorligi byurosi (Bureau of Energy Efficiency) tomonidan besh yulduzli reyting berilgan bo`lib, butun dunyoning etakchi ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha oladigan zanglamaydigan po`latdan yasalgan yuqori sifatli 260 turdagi nosos va motorlarni ishlab chiqaradi.

photo_2019-08-10_17-03-27.jpg

Uchrashuvda Hindiston texnologiyasi asosida Navoiy viloyatida ming gektar foydalanishdan chiqqan erlar o`zlashtirilishi taklif etildi. Natijada mazkur hududda quyosh energiyasi asosida 700 metrgacha er ostidan suvni chiqarishga erishiladi.

IMG_3989.JPG

    Boshqa yangiliklar