Chortoq tumani Muchum mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro N.Boqiboevning Toshkent shahrida joylashgan “Media Prom” MChJ dan 40.039.584 so`m qarzdorlikni undirish yuzasidan yo`llagan murojaati Byuro direktorining birinchi o`rinbosari X.Kabirjonovning Namangan viloyatida o`tkazilgan sayyor qabul davomida qisqa muddat ichida echim topilishi bo`yicha alohida nazoratga olindi.
Darhaqiqat, fuqarolarning murojaat qilish huquqi inson huquqlari ta`minlanishining muhim omillaridan biridir. Davlatimiz rahbarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni asosida Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidan murojaatlarni joyida hal etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Byuro direktorining birinchi o`rinbosari Xasan Kabirjonov tomonidan Uchqo`rg`on tuman bo`limi binosida viloyat aholisi uchun sayyor qabul o`tkazdi.
Ochiq, oshkora ruhda o`tgan uchrashuvda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida sud va boshqa organlari hujjatlari ijrosi, aliment bilan bog`liq 8 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Har bir ko`tarilgan muammolar, murojaatlari tinglanib, ularning echimi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi, ijrosi qat`iy nazoratga olindi.
- Men Byuro direktorining birinichi o`rinbosari etilgan sayyor qabulida bir nafar farzandim uchun aliment pullarini o`z vaqtida undirilishi, 2018 yilda aliment qarzdorligi qolib ketganligi va hozirda qaytadan hisoblab undirib berilishi yuzasidan murojaat yo`lladim,– deydi Uchqo`rg`on tumani Yoshlik mahallasida yashovchi G.Burxonova. – Aynan sayyor qabul davomida murojaatim atroflicha tinglangib, alohida nazoratga olinib qisqa muddat ichida ijobiy hal etiladigan bo`ldi.
Asosiysi, bo`lib o`tgan sayyor qabul davomida har bir murojaat bo`yicha aniq vazifalar, uning echimlari bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.






