1

Bugun shaxmatchilarimiz mezbonlar bilan o`ynashadi

Sport 16.12.2014, 12:00
Bugun shaxmatchilarimiz mezbonlar bilan o`ynashadi

Xabar berganimizdek, Vengriyaning Dyor shahrida shaxmat bo`yicha 16 yoshgacha bo`lgan shaxmatchilar o`rtasida Butunjahon yoshlar shaxmat olimpiadasi (“World Youth U-16 Chess Olympiad 2014”) davom etyapti. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Shaxmat Olimpiadasida 21-raqam ostida tasniflangan O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun 5-tur uchrashuvida Vengriyaning birinchi raqamli jamoasiga qarshi dona suradi. Vengriya-1 jamoasi kecha musobaqaning birinchi tartib raqamli jamoasi Hindistonga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ygan edi.

Eslatib o`tamiz, dastlab Shveysariya (4:0), keyin esa Gresiya (2,5:1,5) terma jamoasini mag`lubiyatga uchratgan Mamatqul Haylaev murabbiyligidagi yoshlarimiz 3-turda Ukraina, 4-turda Kanada terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o`ynashgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1