17 avgust kuni Afg`oniston poytaxtida bo`lib o`tgan to`y fojeali yakunldandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy telekanalga asosan.
Portlash 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:40 da sodir bo`lgan. Qobul shahrining g`arbiy qismida joylashgan to`yxonalardan birida xudkush-terrorchi o`zini o`zi portlatib yuborishi oqibatida 63 kishi qurbon bo`ldi, 180 ortiq odamlar turli jarohatlar olishdi, deyilgan Tolo News xabarida.
Hozircha terrorchi guruhlardan hech biri ushbu portlash uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olgani yo`q. “Tolibon” harakati ushbu ishga o`zining aloqadorligini rasman rad etdi.