Sharqiy harbiy okrug “Farg`ona” dala-o`quv maydonida okrug havo-desant bo`linmasi shaxsiy tarkibi tunda parashyut bilan sakrash jangovar o`quv mashg`ulotlarini bajardi.
Tunda 600 metr balandlikdan sakrashning texnik, jismoniy va ruhiy ko`nikmalarini hosil qilgan 128 nafar desantchi D-6 parashyuti bilan sakrashni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
– Desantchilar uchun tungi sakrash mashg`ulotlari muhim tajriba hisoblanadi, – deydi shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Aziz Salimov. – Biz ushbu mashg`ulotlar davomida janovar shaylik va individual mahoratimizni yanada oshirdik. Birinchi marta parashyut bilan sakragan harbiy xizmatchilar uchun bu amaliyot chin ma`noda unutilmas bo`ldi.
Mazkur amaliy sakrash mashg`ulotlarida ilk bor ishtirok etgan harbiy xizmatchilar Sharqiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonining faxriy yorlig`i bilan taqdirlandi.