1

Akmal Saidov: "Kongress O`zbekiston madaniy merosiga befarq bo`lmagan insonlarni birlashtirdi"

Madaniyat 23.08.2019, 16:34
Akmal Saidov: "Kongress O`zbekiston madaniy merosiga befarq bo`lmagan insonlarni birlashtirdi"

O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro Kongressi faoliyatining ikkinchi kunida madaniy merosni o`rganish, saqlash va ommalashtirish rejalariga bag`ishlangan Prezidium yig`ilishi bo`lib o`tdi. Uni "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining tahrir kengashi raisi Akmal Saidov ochib berdi va :

- Aytish mumkinki, Toshkent yana bir marta Xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash markazi sifatida uchinchi marta o`tkazilayotgan Kongress orqali yana maydonga chiqdi. Quvonchli tomoni shundaki, oldingi yillarda ilgari surilgan g`oya va takliflar bugungi kunda hayotda o`z ifodasini topdi va topmoqda. Xususan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati kuni kecha Parijda nodavlat notijorat tashkilot sifatida rasman ro`yxatdan o`tkazildi va bu Jamiyatga dunyoning 50 dan ortiq davlatlari va 3000 dan ortiq taniqli olimlar a`zo bo`ldi. Ya`ni mazkur Jamiyat O`zbekistonning o`z madaniy merosiga befarq bo`lmagan barcha do`stlarini bir maqsad atrofida birlashtirdi.
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, Kongressning qamrov doirasi yildan-yilga kengayib bormoqda. O`ylaymanki, bundan buyon ham O`zbekistonning tarixiiy ildizlari asrlarga taralgan tabarruk zamini jahondagi ilm ahllarini ohanrabodek o`ziga tortaveradi va Jamiyatning rahnamoligida butun dunyoda "O`zbekiston madaniyati dunyo to`plamlarida" kitob jamlanmalari chop etiladi.

Ma`lumki, hozirgacha mazkur dunyoda yagona bo`lgan kitob-jamlanmalarning 20 dan oshiq tomlari nashr qilingan. Ishonamizki, bu manbalar dunyo ilm-fani rivojiga muhim hissa bo`lib qo`shiladi, turli xalqlar va madaniyatlar o`rtasidagi hamdo`stlik rishtalarini mustahkamlaydi. Shuningdek olim va tadqiqotchilarni yangi tadqiqotlar va kashfiyotlarga ruhlantiradi.

Manzura BEKJONOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1