1

Firdavs Abduxoliqov: “Biz O`zbekistonga bo`lgan sof muhabbat haqida film yaratdik!”

Madaniyat 25.08.2019, 02:30
Firdavs Abduxoliqov: “Biz O`zbekistonga bo`lgan sof muhabbat haqida film yaratdik!”

24 avgust kuni “Rossiya–Kultura” va “Sevimli” telekanallarida “O`zbekiston. Sevgi haqida afsonalar” filmining taqdimot namoyishi bo`lib o`tdi.

Mazkur filmda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotganO`zbekiston zaminidagi qadim sivilizasiyalar, qadriyatlar, tildan tilga ko`chib kelayotgan afsonalar, bu yurtda hukm surgan diniy bag`rikenglik, o`zbek xalqining san`ati va madaniyati, me`morchiligi, milliy pazandachiligi, yuz yillardan beri davom etib kelayotgan an`analar haqida so`z boradi. Filmdan qadimgi davrlardan to bugungi kungacha O`zbekistonning tarixiy taraqqiyoti bosqichlari haqida hikoya qilingan.

Film g`oyasi muallifi va prodyuseri Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, O`zbekiston hujjatli kinosi tarixida ilk bor mazkur filmda noan`anaviy usul ishlatilgan – izoh va intervyular qo`llanilmagan. Filmdagi timsollar turli davrlarning tarixiy qahramonlari va turli sulolalar vakillaridir.

"Bundan tashqari, “Rossiya-Kultura” telekanali vakillari bilan uzoq davom etgan bahslar natijasida filmda she`riy parchalardan faol foydalandik. Filmda Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Umar Hayyom, Hofiz Sheroziy va boshqa shoirlarning misralari, shuningdek, turli olim va donishmandlarning hikmatli so`zlaridan foydalanildi, – deydi F.Abduxoliqov.

Mazkur filmning asosiy g`oyasi – butun borliqqa muhabbatdir. Yorga muhabbat, onaga, Vatanga, kasbga, bilimga, ustozga bo`lgan muhabbat unda yaqqol aks etadi. Bu buyuk hissiyot jozibasi, kuch-qudrati film davomida yaqqol ko`zga tashlanadi.

“Muhabbat tuyg`usi bo`lmaganida, o`zbek xalqi bunday go`zal me`morchilik namunalarini yaratmagan, O`zbekiston madaniy merosi degan tushuncha ham yuzaga kelmagan bo`lardi” – deydi film prodyuseri.

O`zbekistonlik prodyuserning Rossiyaning ushbu telekanali bilan hamkorligi “O`zbekiston – qumliklar javohiri” filmidan boshlangan. Keyinchalik, “O`zbekiston: qo`lga kiritilgan kashfiyotlar”, “Qoraqalpog`iston: vaqt qumlari oralab”, “Nukus: Noma`lum kolleksiya” filmlari yaratildi.

Mazkur hujjatli film “Rossiya-Kultura” va “Sevimli” telekanallari, O`zEOAVMA, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamkorligida tayyorlandi.

Filmni quyida tomosha qiling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1