1

Braziliyalik musiqachilar sharafiga RIO-2016 o`yinlarining ramziy timsollariga nom berildi

Sport 17.12.2014, 15:27
Braziliyalik musiqachilar sharafiga RIO-2016 o`yinlarining ramziy timsollariga nom berildi

2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada hamda XV Paralimpiya o`yinlarining ramziy timsollariga Vinisius va Tom deya nom berildi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Bunday nom braziliyalik musiqachilar Vinisius di Morays va Tom (Antonio) Jobima sharafiga berilgan. Ochiq tarzda o`tkazilgan ovoz berish jarayonida Vinisius va Tom 44% ovoz (323.327 ovoz) to`plagan.

Bundan tashqari, mazkur nufuzli musobaqalarning timsollariga boshqa nomlar ham da`vogarlik qilgan edi. Jumladan, Oba va Eba ( 38% ovoz), Tiba Tuke va Eskidim (18% ovoz).

Rio-2016 o`yinlarining timsollari Braziliyaning flora va fauna obrazlari yig`indisidir. Vinisius maymun va to`tiqushni eslatuvchi sariq hayvon ko`rinishida bo`lsa, Tom – gul va daraxt unsurlarini o`zida jamlagan yashil flora obrazida namoyon bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Olimpiada 2016 yilning 5—21 avgust kunlari o`tkazilsa, Paralimpiada esa 7—18 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1