1

APL: 16-tur hayratlari

Sport 17.12.2014, 15:27
APL: 16-tur hayratlari

Angliya premer ligasining 16-turi bu safar ham g`aroyibotu ajoyibotlarga to`la bo`ldi. Bu turda markaziy o`yin deya hisoblangan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o`rtasidagi bahs juda qiziqarli o`tdi hamda mezbonlarning yirik g`alabasi bilan yakunlandi. “Arsenal” ham o`z uyida “Nyukasl” jamoasini “yakson qilib yubordi”.

“Chelsi” indamasdan g`alaba qozondi

16-turda “Chelsi” o`z uyida “Xall Siti” klubini qabul qildi va g`alaba qozondi. Birinchi taymda har ikki jamoa ham qiyin ahvolda qolishdi. Aytish kerakki, “Xall” tez gol o`tkazib yuborganiga qaramay, avvaliga yaxshigina qarshilik ko`rsatdi. Lekin ikkinchi bo`limda harakatlari besamar ketgan “Xall” futbolchilari tashabbusni yo`qotishdi.

13 dekabr. London. “Stemford Brij” stadioni, 41626 tomoshabin.
Hakam: Kris Foy (Mersisayd).
“Chelsi” – “Xall Siti” - 2:0 (1:0)
Gollar: Azar, 7 (1:0). Diego Kosta, 68 (2:0).

“Arsenal” “Nyukasl”ni yanchib tashladi

O`tgan turdagi “Chelsi” ustidan qozonilgan g`alabadan ruhlanib, London shahriga tashrif buyurgan “Nyukasl” sharmandali tarzda mag`lub bo`ldi. Avvaliga o`yin boshlanishida biroz qiyin bo`ldi. Birinchi taymda “Nyukasl” yaxshigina himoyalandi. Lekin ikkinchi bo`limda ular “to`pchilar”ning hujumlariga dosh berolmadilar.

13 dekabr. London. “Emireyts” stadioni, 59949 tomoshabin.
Hakam: Li Meyson (Bolton).
“Arsenal” – “Nyukasl” - 4:1 (1:0)
Gollar: Jiru, 15 (1:0). Santi Kasorla, 54 (2:0). Jiru, 58 (3:0). Ayose Peres, 63 (3:1). Santi Kasorla, 89 – penaltidan (4:1).

“Manchester Siti” ham g`alaba qilishda davom etadi

“Manchester Siti” safarda “Lester Siti” jamoasi mehmoni bo`lib, kichik ustunlik bilan g`alaba qozondi. Alohida qayd etish kerakki, shu kuni “shaharliklar”joniga afsonaviy Frenk Lempard ora kirdi. Aguerosiz “Siti” kichik hisobda g`alaba qilishda davom etadi.

13 dekabr. Lester. “King Pauer” stadioni, 31643 tomoshabin.
Hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).
“Lester Siti” – “Manchester Siti” - 0:1 (0:1)
Gol: Lempard, 40 (0:1).

“Manchester Yunayted”dan ketma-ket olti g`alaba

Turning markaziy o`yini hisoblangan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” o`rtasidagi o`yin ancha qiziqarli kechdi. Avvaliga mehmonlar ancha dadillik bilan hujum qilishdi va aytish kerakki, mezbonlarni sarosimaga ham solib qo`ydi. Lekin van Gaal o`z so`zini aytdi va yirik hisobda g`alaba qayd etildi.

14 dekabr. Manchester. “Old Trafford stadioni, 75331 tomoshabin.
Hakam: Martin Atkinson (Lids).
“Manchester Yunayted” – “Liverpul” - 3:0 (2:0)
Gollar: Runi, 12 (1:0). Mata, 40 (2:0). van Persi, 71 (3:0).

“Vest Xem”dan bu safar durang

Sanderlend shahrida “Sanderlend” o`z uyida “Vets Xem” klubini qabul qildi va durang o`ynadi. Alohida qayd etish kerakki, “Vest Xem” bu natija bilan “Manchester Yunayted” bilan oradagi farqni 3 ochkoga uzoqlashtirib yubordi.

13 dekabr. Sanderlend. “Stadium of Layt” stadioni, 41694 tomoshabin.
Hakam: Fil Daud (Steffordshir).
“Sanderlend – “Vest Xem” - 1:1 (1:1)
Gollar: Xordi Gomes, 22 – penaltidan (1:0). Dauning, 29 (1:1).

“Oqqushlar” va “xo`rozlar” jangi

“Tottenxem” klubi iroda ko`rsatib, g`alaba qozonishda barchani lol qoldirmoqda. “Suonsi”ga qarshi safardagi o`yin ham ular uchun qiyin kechgan bo`lsa-da, uchrashuvning so`nggi daqiqalarida “xo`rozlar” g`alabani tortib olishdi va 3 ochkolik natija bilan uyga qaytishdi.

14 dekabr. Suonsi. “Liberti” stadioni, 20650 tomoshabin.
Hakam: Robert Medli (Yorkshir).
“Suonsi Siti” – “Tottenxem” - 1:2 (0:1)
Gollar: Keyn, 4 (0:1). Boni, 48 (1:1). Eriksen, 89 (1:2).

Qolgan-qutganlar

Turning boshqa o`yinlari ham qiziqarli tus oldi. Masalan, “Bernli” – “Sautgempton” o`yinida mehmonlar yana mag`lub bo`lishdi, holbuki ular durang o`ynashi ham mumkin edi, agar penaltini Tadich bexato bajarganida. Shuningdek, “Everton” va “Vest Bromvich” ham g`alaba qozonishdi.

13 dekabr. Bernli. “Terf Mur” stadioni, 17287 tomoshabin.
Hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).
“Bernli” – “Sautgempton” - 1:0 (0:0)
Gol: Barns, 73 (1:0).
Urilmagan penalti: Tadich, 60 (darvozabon).

13 dekabr. London. “Selxerst Park” stadioni, 23038 tomoshabin.
Hakam: Kevin Frend (Lestershir).
“Kristal Pelas” – “Stok Siti” - 1:1 (1:1)
Gollar: Makartur, 11 (1:0). Krauch, 13 (1:1).

13 dekabr. Vest Bromvich. “Xautorns” stadioni, 24684 tomoshabin.
Hakam: Mayk Din (Xesvoll).
“Vest Bromvich” – “Aston Villa” - 1:0 (0:0)
Gol: Gardner, 72 (1:0).

15 dekabr. Liverpul. “Gudison Park” stadioni, 34035 tomoshabin.
Hakam: Nil Svarbrik (Lankashir).
“Everton” – “KPR” - 3:1 (2:0)
Gollar: Barkli, 33 (1:0). Miralyas, 44 (2:0). Neysmit, 53 (3:0). Zamora, 80 (3:1).

Tur jazolari: shafqatsiz hakamlar

APL 15-turida ham hakamlar keskin choralar ko`rishdi. Hakamlar tomonidan futbolchilarga jami 45 marta sariq kartochka, 2 marta qizil kartochka (bittasi to`g`ridan-to`g`ri) ko`rsatildi.

16-tur: “eng, eng, eng...”

16-turda “eng, eng, eng” nominasiyasi bo`yicha g`oliblarni aniqlaymiz.

Eng ko`p gol urgan futbolchilar
Olive Jiru – 2ta (“Arsenal”)
Santi Kasorla – 2ta (“Arsenal”)

Eng tez urilgan gol
Eden Azar, 7-daqiqa (“Chelsi”)

Eng ko`p tomoshabin
“Old Trafford” stadioni — 75331 tomoshabin

Eng kam tomoshabin
“Terf Mur” stadioni — 17287 tomoshabin

Eng ko`p sariq kartochka ko`rsatgan hakam
Kris Foy – 7ta sariq, 1ta qizil (“Chelsi” – “Xall Siti”)

Eng kam sariq kartochka ko`rsatgan hakamlar
Kevin Frend – 2ta (“Kristal Pelas” – “Stok Siti”)
Jonatan Moss – 2ta (“Lester Siti” – “Manchester Siti”)
Nil Svarbrik – 2ta (“Everton” – “KPR”)

To`purarlar

14ta
Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 2)

12ta
Diego Kosta (“Chelsi”)

9ta
Aleksis Sanches (“Arsenal”)

8ta
Charli Ostin (“KPR”)
Vilfrid Boni (“Suonsi Siti”, 1)

7ta
Grasiano Pelle (“Sautgempton”)
Papiss Sisse (“Nyukasl”)
Saido Beraxino (“Vest Bromvich”, 3)
Robin van Persi (“Manchester Yunayted”)

Avtogolurarlar

Simon Minole (“Liverpul”)
Kiran Gibbs (“Arsenal”)
Esteban Kambyasso, Uesli Morgan (“Lester Siti”)
Uesli Braun, Santyago Vergini, Layam Bridkatt (“Sanderlend”)
Richard Dann, Stiven Koker, Nedum Onuoxa (“KPR”)
Elyakim Mangalya, Pablo Sabaleta (“Manchester Siti”)
Kyortis Deyvis (“Xall Siti”)
Xarri Keyn (“Tottenxem”)
Jon Terri (“Chelsi”)
Sheymus Koulmen (“Everton”)
Ali Sissoko (“Aston Villa”)

16-tur ramziy terma jamoasi (uff.uz versiyasi)

David De Xea (“Manchester Yunayted”, 4) - Ektor Bellerin (“Arsenal”, 1), Maykl Kin (“Bernli”, 1), Elyakim Mangalya (“Manchester Siti”, 1), Luis Felipe (“Chelsi”, 1) - Aleksis Sanches (“Arsenal”, 5), Frank Lempard (“Manchester Siti”, 1), Eden Azar (“Chelsi”, 6), Santi Kasorla (“Arsenal”, 2) - Robin van Persi (“Manchester Yunayted”, 3), Olive Jiru (“Arsenal”, 1).

Tur qahramoni — David De Xea (uff.uz versiyasi)

16-turning eng yaxshi futbolchisi “Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea bo`ldi. Ayni shu kuni De Xea o`zining mahoratini yana bir karra namoyish etdi. Garchi “qizil iblislar” yirik hisobda g`alaba qozongan bo`lishsa ham, De Xeaning harakatlari evaziga jamoa yanada ishonchliroq o`ynadi. Aynan u jamoasini 7-8 marta qiyin vaziyatda goldan saqlab qoldi. Ehtimol “MYu” yutqazishi ham mumkin edi.

17-tur o`yinlari

APLning 17-tur uchrashuvlari 20-22 dekabr kunlari bo`lib o`tadi. Unda ham markaziy uchrashuvlar bir nechalab topiladi. Masalan, “Liverpul” – “Arsenal”, “Sautgempton” – “Everton” o`yinlari ham katta qiziqish bilan kutilmoqda. Shuningdek, “Stok Siti” – “Chelsi”, “Aston Villa” – “Manchester Yunayted” uchrashuvlari ham qiziqarli tus oladi.

20 dekabr, shanba
“Manchester Siti” – “Kristal Pelas” (17:45)
“Aston Villa” – “Manchester Yunayted” (20:00)
“Xall Siti” – “Suonsi Siti” (20:00)
“KPR” – “Vest Bromvich” (20:00)
“Sautgempton” – “Everton” (20:00)
“Tottenxem” – “Bernli” (20:00)
“Vest Xem” – “Lester Siti” (20:00)

21 dekabr, yakshanba
“Nyukasl” – “Sanderlend” (18:30)
“Liverpul” – “Arsenal” (21:00)

23 dekabr, seshanba
“Stok Siti” – “Chelsi” (01:00).

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1