AsosiyDunyo

Malayziyada suv toshqini tufayli deyarli to`rt ming kishi o`z uyini tark etdi

Malayziya shimolidagi Kelantan shtatida suv toshqini tufayli deyarli to`rt ming kishi o`z uyini tark etishga majbur bo`ldi. Bu haqda "RIANovosti" xabar berdi.

Azar shtati Xavfsizlik Kengashi kotibi Muhammad Yusufning xabar berishicha, 48ta yordam markazida toshqindan zarar ko`rgan 3977 kishi qabul qilingan. "Qutqaruv operasiyalari davom ettirilmoqda va yanada ko`proq odam evakuatsiya qilinishi kutilmoqda", - deydi Yusuf.

Malayziyada mavsumiy musson yomg`irlari oqibatidagi suv toshqinlari odatda noyabr oyida boshlanadi va mamlakatning butun  yarimorol qismini qamrab oladi.  Ba`zan qo`shni davlat Tailand orasidagi temir yo`llarga ham zarar etkazadi.

    Boshqa yangiliklar