AsosiyDunyo

17 yoshli o`smirning ortiqcha 232 tishi olib tashlandi

Hindistonlik Ashik Gavai bir necha oy muqaddam og`ir na o`ta noyob jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Stomatologlar tomonidan uning og`iz bo`shlig`idagi ortiqcha 232 dona katta va kichik hajmdagi tishlar olib tashlandi. Bu haqda life-e.ru nashri xabar beradi.

Gap shundaki, Ashikning o`ng tomondagi pastki jag`ida tug`ma nuqson bilan tug`ilgan. Shu sababli ham, insonda mavjud bo`lishi lozim bo`lgan 32 dona tish o`rniga uning og`iz bo`shligida salkam 300 ta tish bor edi.

7 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti yordamida endilikda Ashik 28 ta butun va sog`lom tishlarga ega. Qolganlari esa hayoti davomida yana o`sib chiqaveradi. 

 

    Boshqa yangiliklar