Bugun, 18 dekabr kuni Italiyaning mashxur aktrisalaridan biri Virna Lizi 78 yoshida vafot etdi.
Jek Lemmon, Toni Kertis, Frenk Sinatra kabi ajoyib va dovrug`li aktyorlar bilan birga o`nlab filmlarda betakror obrazlarni yaratgan aktrisaning vafoti haqida uning yaqinlari omaaviy axborot vositalariga xabar berishdi. Aktrisa 1960 yillarning eng obro`li kishilaridan biri sanalardi.
U “italyan go`zallari” sanalgan go`zal ayollar beshligidan o`rin olgandi. Kinodagi faoliyati o`z nihoyasiga etgach, hayotining so`nggi yillarida u televidenida ijod qilgandi.





