AsosiyDunyo

Eronda 11 yoshli qizchani turmushga berishdi: shov-shuvli nikoh nima bilan tugadi?

'Eronda 11 yoshli qizchani turmushga berishdi: shov-shuvli nikoh nima bilan tugadi? 'ning rasmi

Eron Kohgiluya sudi katta yoshli erkak va yosh qizcha o`rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi.

Eronning Kohgiluya va Boyir-Ahmad viloyati sudi ijtimoiy tarmoqlarda to`y videosi tarqalgan katta yoshli erkak va yosh qizcha o`rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi. Bu nikoh haqida eronlik jurnalist Masix Alinejad ma`lum qildi. Jurnalist ushbu to`yda bo`lib, Twitter’da video yozuvni joylashtirdi.

Jurnalist qizlarni 13 yoshida turmushga chiqishiga imkon beradigan qonunlarni qoraladi. Voyaga etmaganlarga to`y libosini tanlash huquqi berilmaydi, ota-onalar ular o`rniga buni qiladi.

Bundan tashqari, kuyovning yoshi 22 da, qiz esa atigi 11 yoshda ekanligi ma`lum bo`ldi. Internet foydalanuvchilari bu holatni pedofiliya va bolalarga nisbatan zo`rovonlik, deb atashdi.

Koxgiluye provinsiyasi sudya qizning yoshi sabab kelishuvni nomaqbul deb topdi va nikohni bekor qildi. Qizning ota-onasi yana ikki yil, farzandi 13 yoshga to`lishini kutadigan bo`ldi.



    Boshqa yangiliklar