AsosiyDunyo

Kiev meri Vitaliy Klichko o`zining «noqonuniy ravishda» lavozimdan olib tashlanganiga izoh berdi

'Kiev meri Vitaliy Klichko o`zining «noqonuniy ravishda» lavozimdan olib tashlanganiga izoh berdi'ning rasmi

Kiev meri Vitaliy Klichko Kiev shahri administrasiyasi rahbarligi lavozimidan bo`shatilishini noqonuniy deb atadi. Bu haqda sobiq bokschi lavozimdan ketishi munosabati bilan o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Konstitusion sudning qaroriga ko`ra, administrasiya rahbari etib shahar meri tayinlanishi kerak, partiyaning ‘boshqa bir odamni ushbu lavozimga o`tqazib, meriyani boshqarish istagi’ esa qonunga zid.
Buni shunday ta`riflash mumkinki, tasavvur qiling taksiga o`tirdingiz, biroq uning ikkita haydovchisi va ularning har birini o`z ruli bor.
Vitaliy Klichko, Kiev meri

Shuningdek Vitaliy Klichko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning jamoasi «Kievda biznes manfaatlari bor insonlar» foydasiga ishlashi mumkinligiga shama qilgan. Kiev meri ushbu vaziyatni «katta xavf» deb atab, o`zining hech qanday biznes manfaatlari yo`qligini qayd etib o`tgan.

Avvalroq, Ukraina hukumati Klichkoni shahar administrasiyasi rahbari lavozimidan olib tashlash bo`yicha taklifni ma`qullagan edi. Endi ushbu qarorga Zelenskiy imzo qo`yishi kerak. Amaldor Kiev meri sifatida faoliyatini davom ettiradi. Bu ikki lavozim Konstitusion sudning qaroriga ko`ra birlashtirib yuborilgan edi, ammo qonunga ko`ra, mer saylanadi, administrasiya rahbari esa tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar