1

Britaniyalik futbolchining ikki mashinasini o`g`irlab ketishdi

Sport 19.12.2014, 07:40
Britaniyalik futbolchining ikki mashinasini o`g`irlab ketishdi

Angliya futbol klubi “Aston Villa” hujumchisi Darren Bentning ikkita avtomobilini o`g`irlab ketishdi. Birmingham Mailning yozishicha, mashinalarning umumiy narxi 150 ming funt sterlingni tashkil etadi.

Voqea 13 dekabr kuni 03:00lar atrofida sodir bo`lgan, biroq bu haqda endigina ma`lum bo`ldi. Jinoyatchilar futbolchining Littl Eston shahridagi uyiga kirishadi va Audi RS 6 hamda Range Rover mashinalarining kalitini topishadi. Ular avtomobillarni olib noma`lum yo`nalish bo`ylab yo`lga chiqishadi.

Voqea joyiga etib kelgan poilsiya xodimlari sindirilgan oyna va qulf qoldiqlarini topishgan. Ular ayni paytda mashinalarni hamda jinoyatchilarni qidirishmoqda.

Darren Bent “R-sport”ning qayd etishicha, ayni vaqtda ikkinchi divizion vakili “Brayton end Xouv” sharafini ijara asosida himoya qilmoqda. Londonning “Tottenxem” klubi sobiq hujumchisi Angliya terma jamoasida 13 ta o`yin o`tkazgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1