Costa Concordianing sobiq kapitani Franchesko Skettino so`roq paytida layner falokatiga aybdor sifatida o`z ekipajini ko`rsatdi, deya yozmoqda Agence France-Presse.
Skettinoning so`zlariga ko`ra, vaziyat xavfli ekanligi to`g`risida uni juda kech ogohlantirishgan. “Biz qoyadan deyarli qochib ketgandik, lekin tasavvur qiling, agar guruhim menga o`z vaqtida zarur ma`lumotni berishganida voqealar qanday aylanib ketardi va bizda yana 30 soniya bo`lardi”, - deydi sobiq kapitan. Skettino bu hodisada qisman aybni tan olishini ma`lum qildi.
Costa Concordia 2012 yilning 14 yanvar kuni kechasi Jilo orolida cho`kib ketgandi. Falokat natijasida 32 kishi halok bo`ldi. Kapitan Franchesko Skettino cho`kayotgan laynerni birinchilardan bo`lib tark etgan va sudga berilgandi.
Sud tomonidan ehtiyotsizligi sabab odamlar umriga zomin bo`lgani uchun 15 yilga ozodlik mahrum qilish taklifi kiritildi. Jami bo`lib kapitanga 2697 yillik qamoq jazoasi xavf solmoqda.





