AsosiyDunyo

Plombaning o`rnini bosuvchi tish geli kashf etildi

'Plombaning o`rnini bosuvchi tish geli kashf etildi'ning rasmi

Xitoyning Chjeszyan universiteti olimlari tish emalini tiklashga, tishlarni davolashga hamda ulardagi bo`shliqni to`ldirishga qodir ashyoni ixtiro qilishdi. Kashfiyotchilarning fikricha, innovasion gel zamonaviy protezlashni stomatologik muolajalar ro`yxatidan siqib chiqaradi.

Amalda olimlar tuzilishiga ko`ra tabiiysiga juda o`xshaydigan sun`iy emalni yaratishga muvaffaq bo`lishdi. Tadqiqot natijalariga ko`ra, zararlangan tishga surtilgan gel 48 soatda yangi emalning hosil bo`lishiga yordam beradi. Yangi qatlam qalinligi 3 mikronni tashkil etadi — bu etarli miqdordan 400 baravar kam. Biroq gelni shikastlangan joyga bir necha marta surtsa bo`ladi.

Cheklangan natijalarga qaramay, tadqiqot mualliflari stomatologlar bilan tandemda samaradorligi va qo`llashda qulayligi tufayli yangi mahsulotni nihoyatda istiqbolli hisoblashmoqda. Endi xitoylik olimlar jamoasi sun`iy emalni etarlicha qalinlikda kattalashtirish ustida ish olib borishmoqda.

Hozir sinov laboratoriya sichqonlari ustida o`tkazilmoqda. 1-2 yildan so`ng navbat odamlarga keladi, deyishmoqda.

    Boshqa yangiliklar