Shaddodlikda estradamiz yulduzlari orasida etakchilardan hisoblangan latofatli Nilufar Usmonova muxlislariga yangi tuhfalar taqdim etishdan tinmayapti.
Navbatdagi yangi tarona ham yangi mavsum uchun munosib san`at asari bo`lishi shubhasiz. Sababi bu qo`shiq "Qor" deya atalib, ayni paytdagi qish faslining ziynati hisoblangan kumush qorni tarannum etadi, deb yozmoqda popcorn.uz.
Oppoq qorning insonlar qalbiga o`xshatilishi qo`shiqda o`zgacha jarang sochgan. Taronaning har bir satri esa tinglovchini biroz o`yga solishi mumkin. Bu satrlar Shuhrat Nuraliev qalamiga mansubdir.
Qishga xos sokin va romantik ohang esa Jasur Abdurahmonov tomonidan bastalangan. Har ikkala san`at asarini mukammal ravishda Nilufar Usmonovaning ijrosi to`liq uyg`unlashtirgan.





