AsosiyDunyo

Yosh sehrgar Garri Potterga bag`ishlangan butunjahon kechasi 2015 yil 5 fevral kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan

Garri Potter haqidagi kitoblarning mualliflik huquqiga egalik qiluvchi mashhur ingliz nashriyot uyi Bloomsbury  o`zining qiziqarli rejalari haqida ma`lum qildi. Ular yosh sehrgarning Xogvarts afsungarlik uyidagi sarguzashtlariga bag`ishlangan qator ko`ngilochar tadbirlarni tayyorlashmoqda, deya xabar bermoqda telegraf.com.ua.

Bloomsburyning rasmiy vakillarining xabariga ko`ra, maktab, kutubxona va kitob do`konlariga ushbu bayramni butun dunyoda o`tkazish taklifi kiritilgan. Buning uchun tahririyat manziliga ishtirok etish uchun maxsus arizani topshirish zarur. Javob tarzida noshirlar barcha xohlovchi kompaniyalarga sovg`a materiallarini, viktorina ssenariylarini va boshqalarni yuborishni va`da qilishmoqda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning yozida Yaponiyada Garri Potterga bag`ishlangan park ochildi. O`tgan davr mobaynida bu erga butun dunyodan yarim milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar