AsosiyShou-biznes

Yilning eng yaxshi kinotreylerlari ma`lum bo`ldi

The Hollywood Reporter jurnali 2014 yilda namoyish etilgan eng mashhur kinotreylerlar reytingini e`lon qildi. YouTubeda bosh rollarni Dakata Jonson va Jeymi Dornan ijro etgan “Kulrangning ellik turi” filmining anonsi 93 million marta ko`rilib, birinchi o`rinda turibdi. Ushbu filmning premerasi 2015 yil 11 fevralga mo`ljallangan.

Ikkinchi o`rinda Jey Jey Abramsning “Yulduzlar jangi” turibdi. Uni 81 million marta tomosha qilishdi va u joylashtirilgandan keyin besh kun ichida rekord natijani o`rnatdi. 2015 yil 17 dekabrda premera qilinadi.

Uchinchi o`rinda “Qasoskorlar 2: Altron erasi” filmi 78 millionta ko`rik bilan turibdi. 2012 yilda chiqqan birinchi film jahon ijarasida yarim milliarddan ko`proq mablag` to`plashga muvaffaq bo`ldi. Ushbu film 2015 yil 22 aprelda premera qilinadi.

    Boshqa yangiliklar