AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik opera xonandasi Minsk shahrida o`tgan tanlovda gran-pri sohibi bo`ldi

Birinchi Minsk vokalistlar Xalqaro Rojdetstvo tanlovining Gran-prisiga o`zbekistonlik tenor ovozli xonanda Ramiz Usmonov sazovor bo`ldi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Tanlov natijalariga ko`ra, 1-o`ringa belarusiyalik Mariya Shabunya (soprano), 2-o`ringa ukrainalik Valentina Fedenyova (soprano) va 3-o`ringa gruziyalik Lasha Sesitashvili (bariton) ega bo`ldi. Shuningdek, bir necha ishtirokchilarga Belarussiya Katta teatrining maxsus mukofotlari ham topshirildi.

Tanlovning final bosqichi 2014 yil 17 dekabr kuni bo`lib o`tdi. Uning birinchi bosqichida 20 mamlakatdan 155 nafar xonanda qatnashgan bo`lsa, ulardan 11 nafari finalga chiqdi. Yakuniy bosqichda 6 mamlakat vakillari bellashdi. Bular: Qozog`iston, Ukraina, Belarussiya, Rossiya, Gruziya hamda O`zbekiston.

Qayd  etish mumkinki, Gran-pri sohibiga 10 ming evro pul mukofoti beriladi.

Ma`lumot uchun, Ramiz Usmonov Jizzax viloyatida tug`ilgan. O`zbekiston davlat konservatoriyasining akademik vokal yo`nalishini tamomlagan. 2005 yildan buyon Alisher Navoiy nomidagi akademik Katta teatrida faoliyat yuritmoqda. 2010 yil O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoniga sazovor bo`lgan. Shuningdek, Qozog`iston va Rossiyada bo`lib o`tgan “Romansiada” tanlovida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar