AsosiyShou-biznes

Yosh o`rtasidagi farq yoki nomutanosib nikohlar

Asosan bunday nikohlar shou-biznes yulduzlari o`rtasida ko`plab munozaralarga sabab bo`ladi. Bunday juftliklar doim ommaviy axborot vositalari nigohida bo`ladi. 72 yoshli Xarrrison Ford va 50 yoshli Kalista Flokxart, 70 yoshli Maykl Duglas va 45 yoshli Ketrin Zeta-Djons, 53 yoshli Jorj Kluni va 36 yoshli Amal Alamuddin.

Keti Xolms o`zining sobiq turmush o`rtog`i Tom Kruzdan 16 yosh kichik bo`lsa, Demi Mur eks-eri Eshton Katcherdan 15 yosh katta. Bunday ittifoqlar buzilib ketadimi yoki birgalikda davom etishadimi? Ular haqida gap ketganda mavzu darhol ularning yoshiga borib taqaladi.

Masalan, 56 yoshli Madonna o`zining 26 yoshli yigiti Timor Steffenson bilan qanchalik shov-shuvga sabab bo`ldi. Keyinchalik aniq bo`lishicha, unga xonandaning 17 yoshli qizi Lurdes oshiq bo`lib qolgach, ajrashib ketishdi.

    Boshqa yangiliklar