AsosiyShou-biznes

Leonardo Di Kaprio Roman Abramovichning sevgilisini tortib oldimi?

Leonardo Di Kaprio so`nggi ma`shuqasi - model Toni Garnier bilan ajrashganidan buyon uni hamisha turli model qizlar qurshovida ko`rishmoqda. Ushbu haftada fotosuratchilar e`tiboriga jurnalistlar "yoqimtoy qiz" deb ataydigan navbatdagi xonim tushdi, deb yozadi Woman Hit nashri.

Di Kaprio Nyu- Yorkdagi mehmonxona yonida bir ayol bilan uchrashgan. U Roman Abramovichning sevgilisi, uning ikki farzandi onasi Dasha Jukova bo`lgan. Ularni suratga tushirishganida Leonardo fotosuratchilarga e`tiroz bildirgan va qo`li bilan Dashani himoya qilishga uringan. Bu holat aktyorning yangi ma`shuqasi haqidagi turli mish-mishlarga sabab bo`lgan.

Jukova va Di Kaprioni nima bog`laydi? Bu savolga javob topish uchun kino yulduzning shaxsiy hayotidan olinadigan navbatdagi suratlarni kutishga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar