AsosiyShou-biznes

Selena Gomes Teylor Sviftning tug`ilgan kunida janjal ko`tardi

Selena Gomes Teylor Sviftning tug`ilgan kunida janjal ko`tardi, deb xabar bermoqda Segodnya.ua.

"U xonadonning yuqori qavatidagi peshayvoniga  chiqqan va faqat yig`lab, hech kim hatto yigiti ham uni tushunmayotganini aytib baqira boshladi. Bazmdagilar unga faqat tikilib qoldi. Yaxshiki, Teylor uni ko`rmadi. Teylor Selena o`ziga kelib olishini juda xohlaydi. U Selenaning Biber bilan munosabatlarini hech qachon yoqlamagan. Agar uning mojarosini ko`rganida Teylorning jahli chiqar edi. Uning fikricha, Selena hech bo`lmasa bir yil erkaklar bilan munosabatida tanaffus qilishi kerak. Shuning uchun Teylor Gomes Nyu-Yorkda, uning yonida, Los-Anjeles va Jastindan uzoqroqda yashashini xohlaydi" - deb ma`lum qilgan bazmdagilardan biri jurnalistlarga.

Selena Gomes Jastin Biberga hali-hanuz befarq emasligini hech qachon yashirmagan. Norvegiyaning NJR radiosiga bergan intervyusida u ochiq-oydin sobiq yigitini sevishini tan olgan edi, deb yozadi probomond.ru.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar