1

Toshkentda figurali uchish bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi

Sport 20.12.2014, 14:28
Toshkentda figurali uchish bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi

Poytaxtimizdagi “Ays avenyu” muz saroyida o`tkazilgan mazkur  shahar kubogi musobaqasida 50 nafardan ziyod yosh sportchi g`oliblik uchun bahslashdi.

O`zA xabar berishicha, musobaqaning sport ustaligiga nomzod sportchilar o`rtasidagi yakkalik bahslarida Shohsanam Tohirova oltin medalni qo`lga kiritdi.

Yosh sportchilardan Mariya Filippova, Komila Farajaeva, Ekaterina Tertichnaya, Laziza Solieva, Alena Mezenseva, Diana Rahmonqulova, Anastasiya Sazonova, Angelina Luft, Aleksandra Goreva, Sofiya Vidrina, Tamara Mamatqulova, Komila Abdullajonova, Sevinch Bahromova, o`g`il bolalar bahsida Azizmurod Shabazov, Amirxon Ismatullaev va Jamshid Toshmuhammedov g`olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Juftlik bahslarida Amira Mirolimova va Shohrux Sultonov ijrosidagi kompozisiya hakamlar tomonidan yuqori baholangan bo`lsa, Yuliya Kim va Aleksandr Kuropatka ikkinchi, Alina Pavlishyuk va Konstantin Li juftligi uchinchi o`rinni egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1