Amerikalik aktyor Idris Elba Jeyms Bond rolining keyingi ijrochisiga aylanishi mumkin. Bu haqda The Daily Beastga asoslanib, kun.uz xabar bermoqda.
Bu haqda “Sony Pictures Entertainment” kompaniyasidan sizib chiqqan axborotlardan ma`lum bo`lgan.
Bu haqda “Sony Pictures” kompaniyasi rahbarlaridan biri Emi Paskalning Bond haqidagi yangi filmni ishlab chiqish bilan shug`ullanadigan “Columbia Pictures” kompaniyasi rahbari Elizabet Kentillonga yo`llagan maktubida so`z boradi.
Avvalroq, “Sony Pictures” kinokompaniyasi kompyuter tizimlariga uyushtirilgan xakerlik hujumi natijasida Jeyms Bond haqidagi yangi film ssenariysi internetga chiqib ketgani haqida xabar berilgan edi.





