AsosiyJinoyat

236 tup giyohvandlik vositalari yo`q qilindi

Giyohvandlik hozirgi kunda inson hayotiga xavf solishi bilan bir qatorda eng jiddiy va glo...

Giyohvandlik hozirgi kunda inson hayotiga xavf solishi bilan bir qatorda eng jiddiy va global muammoga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Uning oqibatida qanchadan-qancha insonlar salomatligini yo`qotib, ko`plab oilalarning tinchi buzilmoqda.

Shu bois giyohvandlikka qarshi kurashish va bu illatning zararli oqibatlarini bartaraf etish maqsadida barcha huquqni muhofaza qilish organlari singari bojxona tizimida ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir fikrimizga amaliy misol bo`ladi.

Kuni kecha “Giyohvand moddalarni qidirish” yo`nalishda maxsus o`rgatilgan “Ketti” laqabli xizmat iti yordamida Toshkent viloyati, Chinoz tumani hududida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro S.A. ga qarashli Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan dala maydonlari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, katta ariq bo`yida 200tup va mevali daraxtlar atrofida
36 tup “Nasha” giyohvandlik o`simliklari o`sib turganligi aniqlandi va voqea joyida yoqish yo`li bilan yo`q qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi fuqarolardan shunga o`xshash holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo`mitasining 11-08 yoki Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining (371) 235-07-61 raqamli ishonch telefonlariga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Ma`lumot bergan shaxslarning ma`lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar